Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironlar uyida yashovchilar holidan xabar olindi
14:39 / 2022-08-14

Andijonda mustaqilligimizning o‘ttiz bir yillik bayrami oldidan “O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida madaniy, ma’rifiy hamda xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, uning tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan ushbu sana munosabati bilan alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosini ta’minlash bo‘yicha joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi xodimlari Andijon tumani Bo‘taqora qishlog‘idagi “Muruvvat” nogiron erkaklar internat uyiga tashrif buyurdi. Mazkur muassasada istiqomat qilayotgan jismi va aqlida nuqsoni bor, vasiylikka olingan 345 nafar 1-, 2- guruh nogironi bo‘lgan shaxslar holidan xabar olindi.

– O‘zgalarga mehr-saxovat ko‘rsatish, muhtojlarga ko‘mak berish xalqimizning asrlar osha davom etib kelayotgan qadriyatlaridandir, – deydi «Mahalla» xayriya jamoat fondi Andijon viloyati bo‘lim boshqaruv raisi B.Tursunov. – bugungi kunga kelib, yurtimizda bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lami yanada kengaydi. Buni fondimiz faoliyati, xususan, “Muruvvat” nogironlar uyida yashovchilarga ko‘rsatilgan yordam misolida ham ko‘rish mumkin.

Tashrif davomida keksa otaxonlar, nogiron bolalar bilan dildan suhbatlashildi, ularning dam olish, davolanish va yashash sharoitlari bilan tanishildi, istiqlol bayrami bilan muborakbod etildi.

Jamg‘arma viloyat bo‘limi tasarrufidagi mevali bog‘da yetishtirilgan 650 kilogramm servitamin mevalar, 100 ta ko‘rpa (yopinchiq), 100 komplekt yotoqxona choyshabi tarqatildi.

Ayniqsa, yurolmasdan uzoq vaqt bir joyda yotib qolgan nogiron otaxon va bolalar bilan suhbatlar, taqdim etilgan soovg‘alar ularning o‘ksik ko‘ngillarini tog‘day ko‘tardi.

– Yurtimizda insonlarga, ayniqsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, mehr-oqbatni boshqalardan ko‘ra biz ko‘proq his etamiz, – deydi ”Muruvvat uyi”da istiqomat qiluvchi R.Ikromov. – Bu yerda yashab, davolanishimiz uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Ishchi-xizmatchilar ko‘nglimizga qaraydi. Bo‘sh vaqtlarimizni mazmunli o‘tkazish, o‘zimiz yoqtirgan biror ish, faoliyat bilan shug‘ullanishimiz uchun imkoniyatlar yaratilgan.  

Suhbat davomida “Muruvvat” uyida yashovchi ijodkorlar tomonidan she’rlar o‘qildi.

Tashrif yakunida kelgusida muassasada turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, ko‘p yillardan buyon halol mehnat qilib, fidoiyligi, mehribonligi va mas’uliyati bilan hamkasblariga ibrat bo‘layotgan ilg‘or xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan “Muruvvat” uyi rahbariyati bilan kelishib olindi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan bu kabi xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA