Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogironlar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” musobaqasi
11:39 / 2022-09-22

Buxoroda futbol bo‘yicha nogiron-amputantlar o‘rtasida “Mustaqillik kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Unda jami 6 ta jamoa g‘oliblik uchun bahslashdi.

Keskin kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada g‘oliblikni “Matonat” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, faxrli 2-o‘rinni Jizzax jamoasi egalladi. 3-o‘rin “Baynalmilal” jamoasiga nasib etdi. Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Musobaqa shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida nogiron-amputantlar o‘rtasida Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Mundial bahslarga joriy yilning 23 sentyabr kuni start beriladi.
 

Zarif Komilov, 
O‘zA