Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nogiron nabiramning nafaqasini tiklash juda qiyin bo‘ldi”
15:08 / 2022-01-10

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani "Qo‘rg‘ontepa" mahallasida yashovchi fuqaro R.G‘aybullayev nabirasining nafaqa puli berilmay qolgani, uni tiklab berilishini so‘rab Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga murojaat qildi.

– Nabiram nogiron. Har oy dori-darmon olish kerak. Shu bois unga tayinlangan nafaqa pulini qayta tiklanishini so‘rab bir necha tashkilot eshiklarini taqillatishimga to‘g‘ri keldi, – deydi R.G‘aybullayev. – Ammo natija bo‘lmadi. Juda qiynaldim. Oxiri Davlat xizmatlari agentligiga murojaat qildim. 

Boshqarma tomonidan murojaat o‘rganib chiqilganda, R.G‘aybullayevning qizi M.Jo‘rayevaning 2013 yilda tug‘ilgan o‘g‘li U.G‘iyosovga tibbiy xulosaga ko‘ra nafaqa tayinlangan. 2021 yil may oyida esa M.Jo‘rayeva vafot etgan. Qizi vafot etgandan so‘ng R.G‘aybullayev nabirasini o‘z vasiyligiga olgan, lekin yetti oydan beri nogiron nabirasining nafaqasini ololmay kelgan. O‘rganishlar natijasida R.G‘aybullayevning murojaati ijobiy hal etildi.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” gi qonunining 15-moddasiga asosan vasiyligida bo‘lgan U.G‘iyosovga 2021yil 30 dekabrdan boshlab nogironlik nafaqasi tayinlandi.  

 

Sh.Suyarov, O‘zA