Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogiron hunarmandlar ishlab chiqargan mahsulotlar savdosi tashkil qilindi
16:14 / 2023-03-01

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2022 yilda “Mahallalarda aholi bilan olib boriladigan ishlarda ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish” mavzuida e’lon qilingan 2-ochiq grant tanlovida O‘zbekiston Nogironlar jamiyatining Buxoro tumani hududiy bo‘linmasi “Imkoniyati cheklangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining doimiy bandligini ta’minlash hisobiga oilaviy daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish” loyihasi bilan ishtirok etib, 60 million so‘mlik grant mablag‘ini qo‘lga kiritgandi.

–Loyihani amalga oshirish doirasida hamkor tashkilotlar va mahalla raislari bilan birgalikda ishga layoqatli hunarmand nogironlar tuman bandlik markazida tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik, pishiriq pishirish yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitildi va sertifikat oldi, – deydi O‘zbekiston nogironlar jamiyatining Buxoro tumani hududiy bo‘linmasi rahbari Hamid G‘aniyev. – Shuningdek, mazkur hunarmand nogironlar “ustoz-shogird” an’analari asosida 8 nafar shogirdiga o‘z hunarlarini o‘rgatishdi.

Hunarmand nogironlar tomonidan tayyorlanadigan tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik mahsulotlari turlari tanlanib, ularni tashkil etilgan ko‘rgazma savdo pavilonига chiqarish bo‘yicha talablar o‘rganildi va hunarmandlarga ma’lumotlar berildi.

[gallery-10762]

Nogironlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish maqsadida pavilon tashkil etilib, 3 nafar nogiron ko‘rgazma savdo pavilonида ish bilan ta’minlandi.

–O‘zim to‘quvchilik bilan shug‘ullanaman, – deydi tumanning “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1-guruh nogironi Sayyora Allaberganova. –Bu hunar bilan bolaligimdan beri shug‘ullanib kelaman. Tayyorlagan mahsulotlarimning savdosini tashkil etish bo‘yicha muammolar mavjud edi. Endilikda bu muammo ham yechildi. Endi tayyor mahsulotlarimni uyimdan olib ketishadi va sotilishini tashkil etishadi. Bundan juda ham xursandman. Darvoqe, bugun to‘quvchilikni o‘rganaman degan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bu hunarimni mahalladagi qizlarga ham o‘rgatayapman.

Tumanda 3 ming 158 nafar nogiron yashayotgan bo‘lsa, shularning 68 nafari hunarmandchilik bilan shug‘ullanmoqda.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA