Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nogiron fuqarolar holidan xabar olindi
14:18 / 2023-04-30

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha barcha imkoniyatlar hamda huquqiy kafolatlar yaratilgan.

Kasbi tumanida ham tuman hokimligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘linmasi hamda tuman prokuraturasi tomonidan nogironligi bor, o‘zgalar e’tibori va parvarishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga nogironlar aravachasi berildi.  

E’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarilgan dillar qo‘llarini duoga ochib, shukronalik keltirdi.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.