Qozog‘istonning Aktobe shahrida mukofot jamg‘armasi 100 ming AQSH dollaridan iborat “Aktobe Open-2024” turniri yakunlandi.
Vladimir Dvorkovich xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan mazkur turnirda 23 davlatning 300 nafardan ziyod shaxmatchisi qatorida iqtidorli shaxmatchilarimiz Nodirbek Yoqubboyev, Muhammadzohid Suyarov va Muhiddin Madaminov o‘z mahoratini namoyish etdi.
Turnirning so‘nggi 9-turida qora donalarda harakat qilgan Nodirbek Yoqubboyev turkmanistonlik Saparmirat Atabayevni, Muhammadzohid Suyarov rossiyalik Aleksandr Rahmanovni mag‘lub etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Nodirbek Yoqubboyev 6 ochko jamg‘argan holda mukofot jamg‘armasining 2 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Suyurov esa 5,5 ochko bilan yigirmatalik ro‘yxatga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Aktobe Open-2024” g‘olibligi va musobaqaning bosh sovrini bo‘lgan 20 ming AQSH dollari 7,5 ochko jamg‘argan eronlik Parham Magsudluga nasib etdi. 2-o‘rin 7 ochkoga ega serbiyalik Aleksandr Predkega tegishli bo‘ldi. Uning hamyurti Aleksey Sarana esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA