Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Yoqubboyevdan yengilgan shaxmatchi Tojikiston turnirida g‘olib bo‘ldi
18:05 / 2025-11-18

Dushanbe shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti kubogi bahslari yakuniga ko‘ra, jahon kubogining 1/16 final bosqichida hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyevdan mag‘lubiyatga uchragan hindistonlik Venkatesh Pranav “A” guruhida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Umumiy mukofot jamg‘armasi 46 ming AQSH dollilaridan iborat turnirda 17 mamlakatdan 233 nafar iste’dodli shaxmatchilar ishtirok etdi. Turnirning “A” guruhida mamlakatimizning 12 nafar, “B” guruhida  21 nafar yosh shaxmatchisi sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qildi.

Turnirning “A” guruhida 91 nafar ishtirokchi dona surgan bo‘lsa, 9 ta turdan iborat musobaqada 5 ta g‘alaba, 4 ta durang qayd etgan Pranav 7 ochko bilan g‘oliblikni tantana qilishi ortidan mukofot jamg‘armasida belgilangan 10 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

Keyingi o‘rinlardan joy olgan 8 nafar qatnashchi 6,5 ochko to‘pladi. O‘zbekistonlik shaxmatchilardan Bahrom Bahrullayev 6 ochkoga ega chiqqan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 14-pog‘onani band etdi.

Musobaqaning “B” guruhida 131 nafar qatnashchi orasida 7,5 ochko jamg‘argan hamyurtlarimiz Islombek Husanov va Muhammaddiyor Maxammadullayev  1 va 2-o‘rinlarni egalladi. Shuningdek, ushbu guruhda hamyurtimiz Samandar Shermuhammadov 7 ochko bilan 4-o‘rindan joy olishga muvaffaq bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA