English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Niderlandiya turnirining 6-turida yetakchilikni saqlab qoldi
22:53 / 2023-01-20

Niderlandiyada shaxmat boʻyicha davom etayotgan “Tata Steel Chess” turnirining 6-tur bahsida Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Praggnanada bilan kuch sinashdi.

Shiddatli va hamyurtimizning katta ustunligida oʻtgan oʻyinda Abdusattorov raqibini qiyin va murakkab vaziyatga soldi va nihoyat, yakunlovchi zarbani oʻyinning 54-yurishida amalga oshirdi. Shunday boʻlsa-da, hindistonlik shaxmatchi munosib qarshilik koʻrsatib, uchrashuvni durangda yakunlashga erishdi.

Shunday boʻlsa-da, Nodirbek 4.5 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Bu —gʻoliblikka daʼvogar hamyurtimizning xalqaro turnir chempionligi yoʻlidagi muhim ochkoga erishishini taʼminladi.

“Chellenjer” guruhida oʻz ishtirokini davom ettirayotgan Javohir Sindarov braziliyalik Luis Paulo Supi bilan uchrashuvda durangga erishdi. Javohir hisobidagi ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi.

Isteʼdodli shaxmatchilarimizning ushbu gʻalabasi Oʻzbekiston yoshlarining aql-salohiyati ne chogʻli yuksakligini yana bir karra namoyish qildi.

T. Roʻziyev, OʻzA