French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Jumanazarov jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
09:45 / 2025-10-27

Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasida o‘tayotgan jahon chempionatining erkin kurash bahslarida Nodirbek Jumanazarov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Nodirbek polvon dunyo birinchiligining 57 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medali uchun o‘tkazilgan bellashuvda ukrainalik Vladislav Abramovni 5:0 hisobida taslim qildi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. 

Eslatib o‘tamiz, erkin kurash bellashuvlarida yana bir hamyurtimiz Sherzod Poyonov -92 kg. vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA