Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov Ar-Riyodda kuchlilar bilan bellashadi
Bugun, 29 iyul kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida shaxmat bo‘yicha boshlanayotgan “Esports World Cup Chess” turnirida hamyurtlarimiz Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov dona suradi.
Mukofot jamg‘armasi 1 million 550 ming AQSH dollaridan iborat nufuzli turnirda Abdusattorov “NAVI”, Sindarov “Team Vitality” jamoasi safida harakatlanadi.
Kecha xalqaro turnirga tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, N.Abdusattorov ilk turda qora donalarda norvegiyalik Magnus Karlsen, Javohir Sindorov oq donalarda amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi kurash olib boradi.

Musobaqa nizomiga muvofiq, dastlabki kunlari guruh o‘yinlari tashkil etilsa, 31 iyul kuni pley-off, 1 avgustda esa final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA