Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov «Rustam Khasimdjanov Cup 2024» g‘olibi
17:29 / 2024-07-09

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollaridan iborat «Rustam Khasimdjanov Cup 2024» xalqaro turniri yakunlandi.

Qiziqarli o‘tgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, 6,5 ochko jamg‘argan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikni tantana qildi.  

Abdusattorovdan 0,5 ochko ortda qolgan holda 6 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan Javohir Sindorov 2-o‘rinni egalladi. 3-o‘rin bahslar davomida 5,5 ochkoni qo‘lga kiritgan ozarbayjonlik Shahriyar Mamedyarovga nasib etdi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA