Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov g‘alabali yurishni davom ettirmoqda
10:29 / 2022-10-27

Iste’dodli grossmeysterimiz Nodirbek Abdusattorov Islandiyadagi "World Fischer Random Chess Championship 2022" musobaqasida g‘alabali odimini davom ettirmoqda.

Xabar berganimizdek, kecha musobaqaning 3 va 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi dona surdi va har ikkala partiyada ham raqibni mag‘lub etdi va o‘z hisobidagi ochkolar sonini 8 taga yetkazib oldi. Ushbu natija bilan guruh bosqichi yakunlanishiga 2 tur qolganda Abdusattorov yarim final masalasini deyarli hal qildi.  

Bugun, 27 oktyabr kuni Nodirbek 5 va 6-tur o‘yinlarini o‘tkazadi. 5-turda Yan Nepomnyashiyga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazsa, 6-turda amerikalik Uesli So bilan ro‘baro‘ keladi.  

Ikkinchi guruhda yaponiyalik Xikaru Nakamura va amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, ertaga 28 oktyabr ishtirokchilar uchun dam olish kuni etib belgilangan. Chempionatning yarim final va final o‘yinlari 29-30 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA