Nodirbek Abdusattorov Chexiyada 3-o‘rinni egalladi
Chexiyaning Praga shahrida shveysarcha tizimda o‘tkazilgan xalqaro turnirda 8 ta davlatning 10 nafar grossmeysteri qatori hamyurtimiz, rapid yo‘nalishi bo‘yicha eng yosh Jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ham g‘oliblik uchun dona surdi.
8-turdan keyin Nodirbek 5,5 ochko jamg‘argan holda peshqadamlar safidan joy olib turgandi. Hal qiluvchi 9-turda u slovakiyalik Pexas Jergus bilan durang o‘ynadi. Bu natija o‘z navbatida germaniyalik Vinsent Keymer hamda amerikalik Xans Niyemann foydasiga ishladi. Ular o‘z raqiblari ustidan g‘alabaga erishgan holda Abdusattorovni 0,5 ochkoga ortda qoldirishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Keymar 6,5 ochko bilan musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Xans Niyemann qo‘shimcha koeffitsiyentlarga ko‘ra, 2-o‘rinni egalladi. 9 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘argan Nodirbek esa xalqaro turnirni 3-o‘rin bilan yakunladi, deya xabar tarqatdi Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
O‘zA.