Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodirbek Abdusattorov barcha yo‘nalishlarda FIDE reytingida TOP-100likda, qolganlarchi?
14:43 / 2022-05-01

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan har oy boshida e’lon qilinadigan reytingda ayni paytda kuchli 100likdan ikki nafar shaxmatchimiz o‘rin olgan.

Jumladan, mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi, rapid yo‘nalishida eng yosh jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov o‘tgan oydagi o‘rnidan biroz pastladi, biroq u baribir reytingda peshqadam bo‘lib turibdi.

FIDE reytingi:

GM Nodirbek Abdusattorov (2004) 2661 ball bilan 80(o‘tgan oy 74)-o‘rinda. 
GM Rustam Qosimjonov (1979 yili tug‘ilgan) 2659 reyting bali bilan 82-o‘rinda.

FIDE 20 yoshgacha o‘smirlarning reyting o‘rinlarini alohida hisoblab boradi. Eng kuchli 100 nafar yosh shaxmatchi ro‘yxatidan ayni paytda 4 vakilimiz o‘rin olgan:

  • 5(4). GM Nodirbek Abdusattorov (2004) – 2661.
  • 12(11). GM Nodirbek Yoqubboyev (2002) – 2630.
  • 17. GM Javohir Sindorov (2005) – 2609.
  • 28(25). GM Shamsiddin Vohidov (2002) – 2536.

Rapid yo‘nalishida faqat Nodirbek Abdusattorov kuchli yuzlikda: 2670 ball bilan 37-o‘rinda.

Blits yo‘nalishida 3 shaxmatchimiz kuchli yuzlikdan joy olgan:

  • 36. Rustam Qosimjonov – 2681.
  • 47(45). Nodirbek Abdusattorov – 2663.
  • 49(71). Javohir Sindorov – 2657.

Husan KARVONLI.