Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodira Pirmatova: 36 yillik o‘qituvchilik faoliyatimdagi eng qadrli mukofot (+video)
08:07 / 2025-09-02

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining maqom xonandaligi kafedrasi mudiri, xonanda Nodira Pirmatova II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

Nodira Pirmatova —o‘zbek milliy mumtoz san’ati rivojiga katta hissa qo‘shgan, xalqaro miqyosda ham yurtimiz nufuzini yuksaltirib kelayotgan san’atkordir.

U 1994 yilda Sodirxon hofiz nomidagi maqomchilar tanlovi g‘olibi, 1995 yilda Yunus Rajabiy nomidagi ko‘rik-tanlov laureati, 2005 yilda “Sharq taronalari” xalqaro festivali g‘olibi, 2008 yilda Boku shahrida YUNESKO maxsus sovrini sohibi bo‘lgan. Fransiya va O‘zbekiston davlatlari hamkorligi nishoni bilan taqdirlangan.

Ijodi davomida o‘nlab yakkaxon konsert dasturlari bilan Fransiya, Germaniya, Shveysariya, Angliya, Yaponiya, Italiya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon kabi davlatlarda mamlakatimiz san’atini targ‘ib etgan. Uning ijrosida “Shashmaqom”, “Katta ashula”, bastakorlik namunalari hamda xalq qo‘shiqlari xorijiy va respublika disklarda keng tarqalgan.

U ilmiy maqolalar muallifi bo‘lib, 2022 yilda “Zebopari” nomimizdan o‘quv qo‘llanmasini chop etgan.

Nodira Pirmatova 2016 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan.

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/LeU-Rht4Na8" title="Nodira Pirmatova: 36 yillik o`qituvchilik faoliyatimdagi eng qadrli mukofot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA