Ayol nafosat va latofat bilan birga kuch va iroda sohibasidir. U qiyinchiliklar oldida tiz cho‘kmaydi, balki to‘siqlarni sabr bilan yengib o‘tadi. Shu bois ayolni e’zozlash, qadrlash va hurmat qilish har bir insonning burchidir.
“Rassom ustaxonasi” loyhasining bu galgi qahramoni iste’dodli rassom Nodira Oripova. U 1959-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1980-yili P.Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtini, so‘ngra M. Uyg‘ur nomidagi Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Bir qancha Respublika va xalqaro ko‘rgazmalar qatnashchisi. Asarlari AQSH, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Turkiya kabi qo‘plab mamlakatlarning muzey va shaxsiy kolleksiyalarida saqlanadi.
Nodira Oripova zamonaviy o‘zbek rassomi va badiiy san’at ixlosmandlariga tanish ijodkorlardan biri. Rassomning asarlarida qadimiy Samarqand tarixi va malikalar obrazi zamonaviy badiiy talqinda tasvirlanadi. Asosiy g‘oya ayol obrazi, milliy liboslar, sharqona bezaklar va ramziy kompozitsiya vositalarida kuchli ifodalanadi. Ularda milliy me’morchilik va sharq miniatyurasi ta’siri seziladi. “Varaxsha go‘zali”, “Afrosiyob malikalari turkumidan”, “Sanamlar sayri”, “Sirli suhbat”, “Qizil atirgul”, “Anorli qiz”, “Musiqachi qizlar”, “Moziydan sado”, “Moviy kapalak”, “Sahro afsonasi”, “Sharq kelinlari” kabi asarlari ana shular jumlasiga kiradi.
Batafsil video davomida:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/AvHq2-zMOiM" title="Nodira Olimova: insonni ayol obrazida chizdim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA