French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodir dostonlar jamlangan nashr (+video)
22:24 / 2024-12-25

Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan o‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligining 31-40-jildlari nashrlari taqdimoti o‘tkazildi. Unda yosh olimlar, professor-o‘qituvchilar, folklorshunoslar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Taqdimotda kitobning yaratilish jarayoni, unga kiritilgan dostonlar va ularning mazmuni xususida so‘z bordi.

Misol uchun, 32- jild “Qirq yigit va qirq qiz” deb atalgan. Jild “Go‘ro‘g‘li dostonlari Qo‘rg‘on baxshilari talqinida”gi so‘zboshi bilan boshlanadi.

– Kitobning 31-40-jildlarida o‘zbek folklorida juda ham muhim o‘rin egallagan Ergash Jumanbulbul kabi baxshilardan yozib olingan nodir dostonlar joy olgan, – deydi filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqulov. – Undan tashqari ertak va to‘y-marosim qo‘shiqlari ham joy olgan.

Bu folklor namunalarini faqatgina badiiy so‘z ifodasi deb emas, millatning tarixi, madaniyati, an’analari, qadriyati va o‘zbek tilining eng yuksak ko‘rinishi deb aytishimiz mumkin.

Xalq og‘zaki ijodi namunalariga bag‘ishlangan bu kabi kitoblarning nashr qilinishi o‘zbek folklori tarixi, rivojlanish taraqqiyoti, bugungi holatini o‘rganishda eng muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lieoGsk53cQ" title="Nodir dostonlar jamlangan nashr" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

N.Rahmonova, A. Sodiqov, U. To‘xtayev (video), O‘zA