Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
09:32 / 2026-02-24

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Nodavlat sud-ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti; 

Nodavlat sud eksperti bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni qayta tayyorlash, nodavlat sud ekspertlarining malakasi va huquqiy bilimini oshirish hamda ularni qo‘shimcha ekspertiza turlari bo‘yicha qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Nodavlat sud ekspertlarini Sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat olgan shaxslarning yagona reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti; 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Ekspert-malaka komissiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda: 

ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi ta’minlanadi; 

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi. 

Mazkur Nizom nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari shartnoma asosida fuqarolik, iqdisodiy, ma’muriy sud ishlari va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ekspertizasini hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazishga ixtisoslashtirilgan notijorat tashkilot hisoblanadi. 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun ta’sis etilgan, shtatida bir xil yoki turli xil sud ekspertizasi yo‘nalishi bo‘yicha sud ekspertlari (sud eksperti) bo‘lgan hamda yuridik shaxs shaklida bo‘lgan tashkilotdir. 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti rahbari sifatida faqat sud eksperti faoliyat yuritadi. Sud eksperti faqat bitta nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi mumkin. 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti sud-ekspertlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun sud-ekspertlik byurosi shaklida tashkil etilishi mumkin. 

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertizasini o‘tkazishda davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi funksiyalarni amalga oshiradi, ular kabi huquqqa ega bo‘ladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar hisoblanadi.

O‘zA