English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi
14:47 / 2025-05-15

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yo‘l ochib berildi.

Lekin ularda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha ta’lim, boshlang‘ich ta’lim va filologiya bo‘yicha tayyorlanmoqda.

– Aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha pedagoglarni ko‘paytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sun’iy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?  

Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yo‘nalishlar davlat institutlari bilan bir xil bo‘ladi, –  dedi Prezident.

Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi. Shu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.

O‘zA