Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash samaradorligi oshiriladi
09:06 / 2025-07-18

Davlatimiz rahbarining 2024 yil 26 avgustdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni fuqarolik jamiyati sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Farmon asosida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy tashabbuslarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Bu Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasining majlisida qayd etildi. 

Jamoat fondi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlariga moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.

Majlisda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligi, moliyaviy ko‘makning maqsadli yo‘naltirilishi hamda sohada shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Parlament komissiyasi majlisida bir qator tashkilotlarning hisobotlari eshitildi, ularning ish rejalari ijrosi va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi atroflicha tahlil qilindi.

Komissiya a’zolari tomonidan kamchiliklar tahlil qilinib, faoliyatni yanada samarali yo‘lga qo‘yish, qonunbuzarlik holatlarining oldini olish hamda jamoat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

N.Abduraimova,

O‘zA