French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat notijorat tashkilotlari aholi muammolarini o‘rganib, asosli takliflar berishi kerak
15:36 / 2021-02-24

Fuqarolik jamiyati eng avvalo ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘z aksini topib, mamlakatda demokratiya, huquqiy davlat va shaxs erkinliklarini ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Darhaqiqat, “uchinchi sektor” deya e’tirof etilayotgan fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Aytish kerakki, bu borada qator natijalarga ham erishilmoqda. Jamiyatda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratilib, ularning barcha sohalardagi bevosita ishtiroki ta’minlandi, ko‘ppartiyaviylik tizimi vujudga keldi. Fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy madaniyati yuksalib bormoqda.  

“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining hayotga izchil tatbiq qilinishi natijasida fuqarolik jamiyatining turli xil institutlarining shakllanishi va rivojlanish jarayoni bormoqda. Bunda fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini tartibga solish, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda ularning rolini oshirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning XIII bobida ham mamlakatimizda nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va faol harakat qilishlari, fuqarolik jamiyati yaratilishi uchun to‘la ijtimoiy-huquqiy asoslar yaratilgan.

Fuqarolik jamiyatini rivojlanishining muhim omillaridan biri – bu ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish. Ijtimoiy sheriklik aynan mahalliy hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari, tadbirkorlik sub’ektlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda namoyon bo‘ladi.  

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida, bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida 590 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat olib borayotgan bo‘lib, shundan, tadbirkorlik va fermerlik sohasida 41 ta, sog‘liqni saqlash va ekologiya sohasida 35 ta, sport sohasida 92 ta, yoshlar bilan ishlashda 84 ta, xotin-qizlar va faxriylarni qo‘llab-quvvatlashda 22 ta, huquqiy xizmatlar uchun 48 ta, favqulodda holatlar sohasida 30 ta, xalq hunarmandchiligi, tarixiy-madaniy va ma’rifiy sohada 60 ta, OAV va jurnalistika yo‘nalishida 1 ta, imkoniyati cheklangan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish sohasida 33 ta, fan, ta’lim sohasida 8 ta, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalari 130 ta, millatlararo munosabatlar sohasida 6 tani tashkil etadi.

Ushbu nodavlat tashkilotlarning 40 foizi shaharda, 60 foizi esa qishloq joylarida faoliyat olib bormoqda.

O‘tgan 2020 yilda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilinganda, viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlaridan 150 tasi ijtimoiy sheriklik asosida 120 dan ortiq davlat dasturlari, hamkorlikdagi qo‘shma qarorlar, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqishga jalb qilingan.  

Hozirgi kunga qadar nodavlat notijorat tashkilotlar va davlat tashkilotlari o‘rtasida ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, bandlik va boshqa yo‘nalishlarda 90 dan ortiq kelishuv, bitim va memorandum imzolanib, ijtimoiy sheriklik asosida ijrosi ta’minlanmoqda.

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan hozirgi kunda 5 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi, 3 ta xalqaro grant loyihalari bo‘yicha ishlar yuqori saviyada tashkil etilayapti. Ushbu loyihalar doirasida 500 dan ortiq ishsiz yosh, xotin-qizlar o‘z kasbiy ko‘nikmalarini oshirgan holda, doimiy ish faoliyatini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashildi, 4 ming 800 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

O‘tgan 2020 yil davomida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan grant tanlovlarida viloyatdan 69 ta NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘zlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalari bilan ishtirok etgan. Parlament komissiyasi qarorlariga muvofiq, g‘olib deb topilgan 14 ta loyiha uchun jami 524 million so‘m miqdoridagi mablag‘ moliyalashtirildi.  

Grant loyihalari bajarilishi natijasida 41 ta ish o‘rinlari tashkil etilib, aholi vakillarining 200 dan ortiq ijtimoiy-iqtisodiy masalalari hal etilishiga erishildi.

Bu esa, davlat ahamiyatiga molik muhim va dolzarb vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlar yordamidan foydalanilayotganligi, bu orqali mavjud muammolar bartaraf etilayotganidan dalolatdir.

Hozirgi kunda nodavlat notijorat tashkilotlarining oldida katta vazifalar turibdi. Zotan, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish jarayonida aholining bevosita faol ishtirokini ta’minlash aynan nodavlat notijorat tashkilotlarining muhim vazifalaridandir.  

Prezidentimiz ta’kidlagani kabi: “Nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bugungi kunda aholini o‘ylantirayotgan muammolarga davlat idoralari e’tiborini qaratib, o‘zlarining asoslangan takliflarini berib borishlari maqsadga muvofiqdir”.

 

Davron Shodmonov,

“Yuksalish” umummilliy harakati  

Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari