Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati kengaymoqda
11:24 / 2018-04-12

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida ish boshlagan “Parvoz” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatidan aholi mamnun.

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Qamashi qishlog‘ida ish boshlagan “Parvoz” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatidan aholi mamnun.

Mazkur qishloqda birorta ham bolalar bog‘chasi yo‘qligi sababli bugunga qadar qamashilik bolalar maktabgacha ta’limdan bebahra edi.

mtm.jpg

Tadbirkor Ilmira Hasanova tomonidan tashkil etilgan bog‘cha qishloq ahli, ayniqsa, onalar uchun katta qulaylik yaratdi. Tarbiya maskanida bolajonlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoit muhayyo qilingan.

8.jpg

– Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimi tubdan takomillashtirilmoqda, – deydi I.Hasanova. –Mazkur jarayonga tadbirkorlarning ham jalb etilishi va ularga qator qulayliklar yaratib berilishi ayni muddao bo‘ldi. Oila a’zolarimiz bilan 100 o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etdik. Endilikda faoliyatimizni yanada kengaytirish ustida ishlayapmiz. Yaqinda tumanimiz markazida 40 o‘ringa mo‘ljallangan filialimizni ham foydalanishga topshirdik.

10.jpg

Tarbiya maskanida bolajonlarning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, kichkintoylarga rus va ingliz tillari o‘rgatilayotgani ota-onalarni mamnun qilmoqda. Ayni paytda ushbu bog‘chada 70 nafarga yaqin bolaga 15 pedagog va tarbiyachi ta’lim-tarbiya bermoqda. Mazkur muassasa ish boshlashi bilan viloyatda faoliyat yuritayotgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 taga yetdi.