Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nobel sovrindori yana panjara ortida
17:01 / 2026-02-09

Eronlik inson huquqlari himoyachisi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiyga nisbatan yana yangi hukm chiqarildi. Ayollar huquqlari uchun qariyb 30 yildan beri kurashib kelayotgan 53 yoshli faolga 7,5 yil qamoq jazosi tayinlangani ma’lum qilindi. Bu haqda “TheGuardian” nashri yozib chiqdi.

Nargisning advokati Mustafo Nilining aytishicha, sud uni “axborot to‘plash va davlatga qarshi fitna uyushtirish” aybi bilan 6 yilga, shuningdek, “targ‘ibot faoliyati” uchun qo‘shimcha 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Bundan tashqari, unga ikki yil ichki surgun, ikki yil chet elga chiqish taqiqi ham belgilangan.

Faol huquqshunos Xusrav Alikordining shubhali o‘limini qoralab chiqish ortidan hibsga olingan edi. Shundan so‘ng u uzoq vaqt to‘liq izolyatsiyada, tashqi aloqalarsiz saqlangan.

Muhammadiy 2023 yilda qamoqda o‘tirgan paytida Eronda ayollar huquqlari va o‘lim jazosini bekor qilish yo‘lidagi faoliyati uchun Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Unga chiqarilgan yangi hukm mamlakatda noroziliklar kuchayib, hukumat muxolifatga bosimni oshirayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi va xalqaro hamjamiyatda yana jiddiy savollarni kun tartibiga chiqarmoqda.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA