English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nobel mukofoti sohibi qamaldi (+video)
13:33 / 2026-02-09

53 yoshli eronlik huquq himoyachisi, Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi Nargiz Muhammadiy 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi DW nashri.

Associated Press agentligining xabar berishicha, bu haqda 8 fevral kuni Muhammadiyning advokati Mustafo Nili ham ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirgan.  

Muhammadiy 2025 yil 12 dekabrda hibsga olingan. 8 fevralda esa yig‘ilishlarda ishtirok etish va jinoyat sodir etish uchun til biriktirish va boshqa ayblari uchun 7,5 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Bundan tashqari, qamoq jazosidan keyin unga 2 yil mamlakatdan chiqish taqiqlanadi va shu muddat davomida faqat Xusf shahrida yashashi shart qilib qo‘yilgan. Advokatning aytishicha, Muhammadiy salomatligi yomonlashgani sababli bir necha kun oldin kasalxonaga olib ketilgan, keyin esa yana qamoqqa qaytarilgan.  

Nargiz Muhammadiy Erondagi Huquq himoyachilari markazi vitse-prezidenti hisoblanadi. U oxirgi 20 yil ichida rejimga qarshi chiqishlari, jurnalistlik faoliyati uchun 13 marta hibsga olingan.  

Yangi hukmni hisobga olmaganda, unga chiqarilgan umumiy qamoq jazosi 31yilni tashkil qiladi, shundan 10 yilini o‘tab bo‘lgan. 2021 yilda u “davlatga qarshi tashviqot” uchun 2,5 yil qamoq va 80 darra jazoga hukm qilingan. 2024 yil dekabrida salomatligi sababli uch haftaga ozod etilgan, keyin bu muddat uzaytirilgan.

Qo‘llab-quvvatlovchilarning aytishicha, Muhammadiy qamoqda bir necha marta yurak xurujini boshidan kechirgan, 2022 yilda unga shoshilinch operatsiya qilingan. Aytishlaricha, hozir ham uning sog‘ligi yaxshi emas.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SfYy8MDGwEs" title="Nobel mukofoti sohibi qamaldi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

 Kenja Bekjonov, Salim Karimjonov (video), O‘zA