Noaniqliklar sharoitidagi ko‘p parametrli obyektlarni modellashtirish
Mohira Raxmatiloyevna PO‘LOTOVA o‘qituvchi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resruslarni boshqarish instituti Buxoro, O‘zbekiston mohirapr@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada g‘layonlar ta‘siridagi texnologik jarayonlarni xavfsiz boshqarish samaradorligini oshirish uchun eng kichik kvadratlar usuli (EKKU) va regressiya usullaridan foydalanilgan holda texnologik obyektning bashoratli modellarini qurish usullari taxlil qilingan. Regressiya modellari asosida ishlab chiqilgan mahsulot sifatining bashoratli boshqaruv modellarini yaratishga ilmiy asoslar keltirilgan. Olingan natijalar bashoratli modellarni qurish regressiyali modellashtirish usullarini tanlashning mavjud usullariga zid emasligi ko‘rsatilgan.
Tayanch so‘zlar: g‘layon, obyekt, bashoratlovchi model, regressiya, eng kichik kvadratlar usuli, murakkab texnologik jarayon, taxlil, nazorat, qaror qabul qilish.