Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NNTlar yanada faollashadi
12:28 / 2024-01-21

Andijonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish va davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Andijon viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda Kengash huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari, viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, davlat subsidiya mablag‘lari ajratish yuzasidan Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi faoliyati yuzasidan ma’lumotlar berildi.  

–Keyingi yillarda butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi Andijonda ham NNTlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, – deydi Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi direktori Zardunoy Ismoilova. – Ma’lumki,  2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar berish tartibini soddalashtirish, qolaversa, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondiga ajratiladigan mablag‘larni bosqichma-bosqich oshirib borish, ularni tegishli ravishda ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, bandlik, ijtimoiy xizmatlar, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal xo‘jaligi va boshqa infratuzilmalardagi muammolarni hal etishga qaratilgan ijtimoiy buyurtmalarga yo‘naltirish belgilangan.

Ana shundan kelib chiqib, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondi hamda Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi tomonidan qator nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.  

Yig‘ilishda Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan o‘tgan yili 2 ta grant tanlovi o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan 16 ta grant loyihasini moliyalashtirish uchun 680 million so‘m, shuningdek, 1 ta davlat ijtimoiy buyurtmasi uchun 400 million so‘m mablag‘ ajratilganligi ta’kidlandi.  

Bundan tashqari, nodavlat tashkilotlari, ya’ni viloyatdagi 4 ta nogironligi bo‘lgan shaxslar jamiyatlari uchun mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 3 milliard 387 million 925 ming so‘m, shuningdek, rus, koreys, uyg‘ur, qirg‘iz va arman milliy-madaniy markazlari viloyat bo‘limlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 203 million so‘m miqdorida davlat subsidiya mablag‘lari o‘tkazib berilgan.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi hamda Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

“Andijon viloyatida NNTlar faoliyatining miqdor va sifat o‘zgarishlari” mavzusidagi davra suhbatida viloyatda ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini, hududlardagi muhim iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni hal etish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan ishlar ko‘lami va sifatini oshirish xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

–Ayni kunda viloyatda 600 ta nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda, – deydi O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari Sherzodbek Valiyev. – Ularning 421 tasi davlat ro‘yxatidan, 179 tasi hisob ro‘yxatidan o‘tkazilgan.  

Keyingi yillarda NNTlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, joylardagi muammolarni o‘rganish, keng jamoatchilikka yetkazish va bartaraf etish, fuqarolarni ijtimoiy muhofaza qilish, huquqiy bilimlarini yuksaltirish, kasb-hunar o‘rgatish, tadbirkorlikka jalb etish borasida ularning ishtiroki va faolligi tobora ortib bormoqda.

Birgina 2023 yilda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat granti tanlovlarida viloyatdagi 11 ta nodavlat notijorat tashkilotining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari 1 milliard 20 million so‘mga moliyalashtirilgan.

[gallery-15567]

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan NNTlar faoliyati bo‘yicha tegishli hisobotlarni tayyorlash va o‘z vaqtida topshirish tartiblari to‘g‘risida ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi.  

Bahs-munozara, muhokama va savol-javoblar asosida o‘tgan davra suhbati qatnashchilari sohadagi mavjud kamchiliklar, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘zlarining taklif, tavsiya va fikrlarini bildirdi, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yakunda 2023 yil davomida samarali faoliyat olib borgan bir guruh nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari tashkilotchilarning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari