Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NNTlar sayyohlar oqimini oshirish uchun kurashmoqda
10:47 / 2019-11-01

Yurtimizning mavjud sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish jarayonida jamoat tashkilotlarining hali ishga solinmagan imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkoniyati qanday? Binobarin, dunyo tajribasida davlat organlari vazifalarining bir qismini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich oʻtkazilmoqda.


Yurtimizning mavjud sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish jarayonida jamoat tashkilotlarining hali ishga solinmagan imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkoniyati qanday? Binobarin, dunyo tajribasida davlat organlari vazifalarining bir qismini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich oʻtkazilmoqda.

Bizda ham turizm sohasida yangi jamoat tuzilmalari safi kengaymoqda. Gidlar uyushmasi, Mehmonxonalar assotsiatsiyasi, Gastronomik turizmni rivojlantirish assotsiatsiyasi, Ekoturizm jamiyati shular sirasidan. Jamoat tashkilotlarining turizm rivojiga qaratilgan loyihalarini qoʻmita qoʻllab-quvvatlamoqda. Oʻtgan toʻrtta NNTga 1 milliard 580 million 200 ming soʻm ajratilgan boʻlsa, joriy yilda esa bu koʻrsatkichni 2 milliardga yetdi.

Ayni vaqtda ana shu nodavlat tuzilmalar 2020-yilda turizm sohasida hamkorlikda oʻtkaziladigan tadbirlar jadvalini ishlab chiqdi. Oʻzbekistonning turizm salohiyatini xorijiy auditoriya orasida targʻib qilish maqsadida jamoat tashkilotlarining xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish hamda Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida (TXTYA-2019) turizm sohasidagi jamoat tashkilotlarining ishtiroki kabi masalalar muhokama qilinib, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda aynan turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan jamoat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida Jamoat tashkilotlari bilan ishlash boʻyicha alohida boshqarmasi tashkil etildi.

Uning asosiy vazifasi jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish, ularni institutsional qoʻllab-quvvatlash, faoliyatini yanada rivojlantirish hamda xalqaro tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlashga koʻmaklashish kabilar belgilangan.

Quvonarlisi, bu kabi amaliy saʼy-harakatlar tufayli davlatning turizm sohasida bir qator funksiyalari bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bu borada ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, turistlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga qaratilgan “Mehmonnavozlik maktabi” loyihasi doirasida turistlarga xizmat koʻrsatuvchi 150 dan ortiq xodimlarning malakasi oshirildi. Bundan tashqari, “Oʻzbekcha nonushta” keng ommalashtirilmoqda. 

Oʻzbekiston Aeronavtika federatsiyasi esa Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida 300 ortiq aerostatlar (havo sharlari) parvozini amalga oshirdi. Ularda 2100 dan ortiq kishilar ishtirok etganini ham aytish joiz.