English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NNTlar faoliyati yanada takomillashadi
16:39 / 2023-07-27

Andijonda “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Andijon viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari viloyat kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik bo‘yicha Jamoat komissiyasi a’zolari, Kengash huzuridagi Jamoat fondi mutasaddilari, adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari, viloyatda faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Bugungi kunda Andijon viloyatida 578 nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan fuqarolik jamiyatini shakllantirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, ijtimoiy sheriklik asosida davlat idoralari bilan hamkorlikda mavjud muammolarni keng jamoatchilikka yetkazish, bartaraf etish borasida e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda.  

[gallery-12928]

Jumladan, Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat granti tanlovlari natijalariga ko‘ra, viloyatdagi jamoat tashkilotlarining 5 ijtimoiy ahamiyatga ega loyihasi 460 million so‘mga moliyalashtirildi.  

Shuningdek, davra suhbatida “Agrar soha ayollar uyushmasi” Andijon viloyati bo‘limi tomonidan xorijiy grant doirasida amalga oshirilgan loyiha to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, xorijiy donor tashkilotlari bilan ishlashning muhim jihatlari, talablari, milliy qonunchilikda belgilangan huquqiy me’yorlar haqida tajriba almashildi.  

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan jamoat tashkilotlarining islohotlar jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida samarali ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini yanada takomillashtirish, joylarda ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

Mazkur yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (foto), O‘zA