Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NMZda ishlab chiqarish quvvati kengaytirilmoqda
15:41 / 2022-01-28

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati Navoiy mashinasozlik zavodi mamlakatimizdagi eng yirik iqtisodiy quvvatlardan biri.

Bu yerda ayni paytda qariyb 4 ming nafar muhandis-texnologlar, metallurglar, mexaniklar, konstruktorlar va boshqa kasb egalari fidokorona mehnat qilmoqda. bugungi kunda NMZda ishlab chiqarilayotgan qariyb 15 ming turdagi metall va yog‘ochga ishlov beruvchi dastgohlar, yirik avtomobillar uchun murakkab detallar va boshqa yuqori sifatli mahsulotlar nafaqat mamlakatimiz korxonalari, balki xorijiy davlatlarga ham yetkazib berilmoqda.

[gallery-5582]

Zavodda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish doirasida “Mexanik yig‘uv sexini texnik va texnologik qayta jihozlash” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha bugungi kunda sexning yangi binosi qurilishi yakunlanish arafasida. Shuningdek, zamonaviy, samaradorligi yuqori dastgohlar olib kelinib, ishga tushirishga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga kombinat bo‘linmalarida sharli tegirmonlar va kon-shaxta uskunalari uchun Quymachilik sexida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmini oshirish uchun quyma mahsulotlari hajmini 2026-yilga kelib 40 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan. Hozir quymachilik sexida qurilish va rekonstruksiya ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, 25 tonnalik metall erituvchi pech, zamonaviy pnevmotransportyorlar, qoliplash mashinalari, 25 taga yaqin nostandart jihozlar NMZda ishlab chiqarilib, o‘rnatildi.
2022-2024-yillarda kombinat Investitsiya dasturi doirasida NMZda dastgohsozlik sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha 28 ta zamonaviy, yuqori aniqlikdagi dastgohlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan. Kelajakda chet el kompaniyalari bilan hamkorlikda kooperatsiya yo‘nalishida zamonaviy, jahon talablariga mos keladigan raqamli dasturlash boshqaruviga ega dastgohlarni ishlab chiqarish va 200 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
 

Siroj ASLONOV (surat), O‘zA