Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NKMK:sarhisob va istiqboldagi rejalar
10:37 / 2023-07-28

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2023 yil birinchi yarim yillikdagi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda bosh direktorning iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Aminov, Byudjetlashtirish va kontrolling bo‘limi boshlig‘i Umidjon Kostayev, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor Xolmamat Raupov, OAV vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ jahonda oltin ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar to‘rttaligiga kiradi. Kombinat yer osti boyliklari zaxiralarini geologik qidirish, qazib olish va qayta ishlashdan to tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari to‘liq amalga oshiriladigan yirik sanoat klasteridir.

Kombinat zamonaviy kon-transport va texnologik uskunalar, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan konlar, zavodlarga ega zamonaviy korxonadir. Uning “999,9” soflikdagi oltin quymalari jahonning qimmatbaho metallar bo‘yicha birjalarida O‘zbekistonning brendiga aylangan.  

[gallery-12930]

– O‘tgan yarim yillikda kombinatda 31,5 trillion so‘mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, – dedi bosh direktorning iqtisod va moliya bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Aminov. – Hisobot davrida oltin ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichi to‘liq bajarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,1 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda kombinat mamlakatimizdagi eng yirik soliq to‘lovchi hisoblanadi. Joriy yilning o‘tgan yanvar-iyun oylarida 14,1 trillion so‘mlik byudjetga to‘lovlar amalga oshirilib, prognoz ko‘rsatkich 104 foizga bajarildi.

Kombinat faoliyatida Investitsion dastur alohida o‘rin tutadi. Natijada ko‘plab yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. O‘tgan olti oy davomida ushbu dasturga kiritilgan loyihalar doirasida 255 million dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilib, 868 yangi ish o‘rinlari yaratildi.  

 – Korxonada mahalliylashtirish dasturi doirasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Byudjetlashtirish va kontrolling bo‘limi boshlig‘i Umidjon Kostayev. – Jumladan, mazkur dasturdagi 154  loyiha doirasida 324 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va o‘tkazilgan tarmoqlararo sanoat kooperatsiyalarida 2,5 trillion so‘mdan ortiq mahsulot xarid qilindi.  

Ayni paytda xarajatlarni maqbullashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ijrosining ta’minlanishi mahsulot tannarxini 594,2 milliard so‘mga kamaytirish imkonini bermoqda.

Matbuot anjumanida OAV vakillari va jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.  

Abduvali Bo‘riyev,  

Siroj Aslonov (surat), O‘zA