Bugun yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. Temiryo‘lchilar o‘zlarining sharafli kasb bayramini keng nishonlamoqda.
Ular safida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida fidokorona mehnat qilayotgan ikki ming nafarga yaqin temiryo‘lchilar ham borligi quvonarlidir. Har yili shu sana munosabati bilan bu soha vakillariga kombinat tomonidan alohida ehtirom ko‘rsatish an’anaga aylangan.
Kecha Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Temir yo‘l transporti boshqarmasida ana shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh dir
Tadbirda bir guruh soha ilg‘orlari sharaflanib, turli darajadagi “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni, tashakkurnoma, faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
– Ishimdan, shu kasbni tanlaganimdan, eng muhimi, korxona yutuqlarida o‘z hissam bilan qatnashib kelayotganimdan mamnunman. Mehnatim ortidan ustim but, ro‘zg‘or tinch, ko‘ngil xotirjam. Bu baxtiyorlikka nima yetsin. Sohada o‘z o‘rnimni topib kelayapman.
Mana bugun ham xizmatlarim e’tirof etilib, faxriy yorliq bilan taqdirlandim. Bunday imkoniyatlarni yaratib bergan davlatimizga, har doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan kombinat rahbariyatiga rahmat. Bu e’tibor meni korxonamiz rivoji yo‘lida yanada qattiq ishlashga, sidqidildan mehnat qilishga da’vat etadi, – deydi mamnunlik bilan Jamshid Rayimov.
Bayram dasturi kuy-qo‘shiqlarga ulanib, davraga yanada fayz bag‘ishladi.
Abdumajid JO‘RAEV,
“NKMK” AJ Matbuot markazi boshlig‘i.
Viktor Yakovlev olgan suratlar.