Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
NKMK: xotin-qizlar doimo e’tibor va e’zozda
13:31 / 2023-03-08

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Har yili bahor va go‘zallik ayyomi bo‘lgan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami Navoiy kon-metallurgiya kombinati va uning barcha bo‘linmalarida o‘ziga xos shodu xurramlik bilan keng nishonlanadi. Tantanali tadbirlarda kombinat xotin-qizlarining mehnati, korxona rivojiga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etilib, soha ilg‘orlari munosib rag‘batlantiriladi.

bugungi kunda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda 6 mingdan ziyod, “Navoiyuran” davlat korxonasi va “NKMK jamg‘armasi” davlat muassasasida qariyb 7 mingga yaqin, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 260 nafardan ziyod xotin-qizlar mehnat qiladi. Ularning 35 nafari davlatimizning yuksak orden-medallari, 1270 nafardan ortig‘i “NKMK faxriysi” unvoni, “Konchilik shuhrati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, ular orasida 1280 nafar oliy ma’lumotli xotin-qizlar, 264 nafar rahbar ayollar, mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar, 2 nafar fan doktori, 21 nafar fan nomzodlari bor.

– Bugun kombinatda ayollar kengashlari tomonidan olib borilayotgan ishlar respublika darajasida e’tirofga sazovor bo‘lmoqda, – deydi “NKMK” AJ Ayollar kengashi raisi Sabohat Nazarova. – Jumladan, kombinat jamoasi Oliy Majlis Senati tomonidan o‘tkazilgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida sovrindor bo‘lgan, Markaziy kon boshqarmasi Ayollar kengashi raisi Saodat Boboyorova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Eng namunali xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti” tanlovida, 3-gidrometallurgiya zavodi ustasi Guljamila Turg‘unboyeva “Yil ayoli” tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Kuni kecha Prezidentimiz farmoni bilan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti Zulfiya Ahmedova “Mehnat shuhrati” ordeni, shuningdek, “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi.  

Tantanali tadbirda bir guruh soha ilg‘orlari kombinat tomonidan ta’sis etilgan “NKMK faxriysi” unvoni va Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

“Farhod” madaniyati saroyi badiiy jamoalari va xonandalari tomonidan namoyish etilgan musiqiy dastur ishtirokchlar qalbiga bayramona kayfiyat ulashdi.

 

Abduvali Bo‘riyev,  

O‘zA.