“NKMK kubogi” g‘oliblari
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “Yoshlar oyligi” doirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinati bo‘linmalarida ishlayotgan yosh ishchi-xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “NKMK kubogi” final o‘yini o‘tkazildi.
Ushbu bilimlar bellashuvining saralash bosqichlarida ishtirok etgan 80 dan ortiq jamoa orasidan 8 ta jamoa final o‘yinida qatnashish yo‘llanmasiga ega bo‘lishgandi.

Bilimlar bellashuvining yakunida esa 1-o‘rinni va kubokni Shimoliy kon boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni “NKMK” AJ boshqarmasi jamoasi hamda 3-o‘rinni “Qizilqum” kon boshqarmasi jamoasi egallashdi.
G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri