Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“NKMK” AJda fuqarolar murojaati doimiy e’tiborda
10:07 / 2022-08-20

Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining 2022 yil 1-yarim yillik tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ta’kidlanganidek, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha aniq tizim belgilangan bo‘lib, murojaatlarni ko‘rib chiqishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan va hozirgi kunda unga muvofiq murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.

Joriy yil 1-yarim yilligi davomida kombinatga jami 1852 ta, shundan 118 ta og‘zaki, 349 ta yozma va 1385 ta elektron murojaatlar kelib tushgan. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga yo‘llangan 1334 ta murojaat kombinatga yo‘naltirilgan. 



- Kombinatga ko‘p hollarda fuqarolar moddiy yordam so‘rab murojaat qiladi, - deydi AJ bosh direktorining xodimlar va ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, boshqaruv a’zosi Qurbonmurod Taparov. - Jumladan, joriy yil 1-choragida korxonaga 10 kishidan ana shunday mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlar o‘rganib chiqilib, kombinat ma’muriyati ularga jami 820 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bundan tashqari, kasaba uyushmasi Kengashining “Birdamlik” fondi mablag‘lari hisobidan yana 10 nafar fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilindi va ularga ham moddiy yordam ajratildi.



Kombinat rahbariyati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, bo‘linmalarda sayyor qabullarni tashkil etish reja-jadvali ham tasdiqlangan bo‘lib, belgilangan muddatlarda qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.

- Kombinatda murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha mustahkam tizim, ya’ni, “temir tartib” joriy etilgan, - deydi AJ Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direyetori Xolmamat Raupov. – Ya’ni, murojaatlar kimga yo‘naltirilgan bo‘lsa, o‘sha mas’ul rahbar qonunchilikka asosan murojaatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, ijrosini sifatli ta’minlashi belgilab qo‘yilgan. Buning ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib, monitoringi olib boriladi. Agarda murojaatlarni ko‘rib chiqishda qaysidir mas’ul qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, unga nisbatan qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda intizomiy chora ko‘riladi. 

2022 yil 1-yarim yilligida Markaziy, Shimoliy hamda Janubiy kon boshqarmalarida o‘tkazilgan sayyor qabullarda jami 35 nafar fuqaro qabul qilinib, aksariyatining murojaatlari ijobiy hal etildi. Muammoning kombinatga taalluqligiga qarab, ba’zilariga joyida huquqiy tushunchalar berilgan.

Matbuot anjumanida OAV vakillarining savollariga javoblar berildi.   

 

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA