Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“NKMK” AJ: investitsiya jalb etish imkoniyati kengaydi
15:31 / 2024-07-10

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJda mineral-resurs bazasini rivojlantirish, konchilik va qayta ishlash quvvatlarini oshirish maqsadida xalqaro investorlarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo‘nalishda 2024 yilning fevral oyida “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik o‘rnatildi. Kombinat tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli ishlar raqobatbardosh iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Buni joriy yilning iyul oyida mazkur reyting agentliklari tomonidan “NKMK” AJga O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga muvofiq “Barqaror” prognozi bilan “BB-” darajasidagi kredit reytinglari berilgani misolida ham ko‘rish mumkin.

“S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi bir vaqtning o‘zida “NKMK” AJning kreditga layoqatlilik xususiyatlarini (SAP) “bb+” darajasida baholadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi korxonalari tarixida muhim voqea bo‘ldi. Kredit reytingining berilishi “NKMK” AJ uchun yangi imkoniyatlarni ochadi hamda xalqaro kapital bozorlariga chiqish, qulay shartlarda investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashadi.  

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri