Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga qaratilgan mediatsiya instituti takomillashadi
17:29 / 2025-10-20

2025 yil 17 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun  bilan  mediatsiya sohasi yanada takomillashtirildi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, fuqarolar, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etish, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qo‘llanilishini rag‘batlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirish belgilangan.

Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi.

Mediativ kelshuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish mediativ kelishuv qonunchilikka zid bo‘lsa, mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa, mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa, rad etiladi. Bundan o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno. 

Mediator tomonidan mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.

N.Abduraimova, O‘zA