French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nissan Rossiya bozoridan ketishidan ko‘riladigan zararni hisoblab chiqdi
16:12 / 2022-10-12

Yaponiyaning Nissan avtokonserni Rossiya bozorini tark etsa ko‘radigan zarari 100 milliard iyenani (686 million dollar) tashkil etadi, deyiladi kompaniya tarqatgan xabarda. Shunga qaramay, Nissan faoliyat ko‘rsatkichlarini yillik prognozlar darajasida saqlab qola oladi, deyiladi xabarda.

Seshanba kuni Nissan ijro qo‘mitasi Rossiyadagi aktivlarini sotishini ma’lum qildi. Kompaniya aktivlarning hammasi davlat mulkiga o‘tadi. Shu bilan birga, sotuv hujjatida 6 yil davomida qayta sotib olish ham nazarda tutilgan. "Sotuv tegishli davlat idoralari ruxsatidan keyin yaqin kunlarda rasmiylashtiriladi", – deb qo‘shimcha qilgan kompaniya vakillari.

Nissan Rossiyada 2009 yilda o‘z zavodini ochgan edi. Sankt-Peterburgda joylashgan ushbu korxonada X-Trail va Qashquai modellari yig‘ilgan. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 mingta avtomobilni tashkil etadi. Zavodda ikki ming kishi ishlaydi.