Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
N.Ismoilov: Qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyatni yanada jonlantirish muhim
12:47 / 2022-05-31

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Qonunchilik palatasining Spikeri Nurdinjon Ismoilov yalpi majlisdagi kirish nutqida parlament kun tartibidagi muhim masalalar, xususan deputatlarning qonun ijodkorligi faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etish kerakki, bugungi kunda quyi palataning ko‘rib chiqishida jami 28 ta qonun loyihasi bo‘lib, ulardan 5 tasi birinchi o‘qishga, 18 tasi esa ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. 

Spiker o‘z nutqida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonining huquqiy asoslarini ta’minlashda parlament a’zolarining qonun ijodkorligi yo‘nalishidagi faoliyatini yanada jonlantirish muhimligini ta’kidladi.  

Qonunchilik palatasi Spikeri quyi palatada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan «Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasiga to‘xtalib o‘tdi. 

Qayd etilganidek, mazkur qonun loyihasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq eng muhim masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, bugungi kunda qonun loyihasini quyi palataning navbatdagi majlislarida ko‘rib chiqish uchun barcha zarur ma’lumotlarni yig‘ish ishlari olib borilmoqda. 

O‘zA