English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nishon tumanida ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi
19:55 / 2020-11-26

“Qashqadaryo suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan aholining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, yaqinda viloyatning Nishon tumani Talimarjon shaharchasida joylashgan “Talimarjon suv uzatish” inshooti qayta ta’mirlanib, ishga tushirildi. Natijada 12 mingdan ziyod aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.

“Qashqadaryo suv ta’minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati axborot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, “Talimarjon suv uzatish” inshootida 2019-2020 yillarda 48,5 kilometr ichki quvur, 9 kilometr 710 metr magistral quvur, 100 dona ko‘p qavatli uy uchun 300 ta gusak, 6,1 kilometr mayda quvur tortildi. Magistral quvurga 4 ta, ichki tarmoqlarga 93 ta, inshoot ichida 7 ta kuzatuv quduqlari o‘rnatildi. 

Inshootning qurilish qismiga yangi darvoza o‘rnatilib, 150 pogonametr devor tortildi. Xilorxona va nasosxona, vodouzel xonasi, mashinist operatorlar xonasi, ma’muriy binolar qayta ta’mirlandi. 

4 dona zamonaviy Germaniyada ishlab chiqarilgan 2 dona 35 kVtlik, 2 dona 45 kVtlik, soatiga 180 metr kub suv haydaydigan nasoslar o‘rnatildi. Mazkur nasoslar suvni 22 metr balandlikkacha ko‘tarish quvvatiga ega. 

Kirish qismidagi qorovulxona ham ta’mirlandi. Hudud obodonlashtirilib, 670 metr kvadrad beton yo‘lak, 270 metr kvadrad beton bardyur o‘rnatildi. Mazkur ishlarga jami 8 milliard 340 million so‘m mablag‘ sarflangan. Natijada 2 ming 417 xonadon, 12 ming 100 nafar aholi aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Ta’kidlash lozimki, Davlatimiz rahbari joriy yilning 12-13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida, Qashqadaryo viloyati aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasini tanqid qilgandi va mazkur ko‘rsatkichni 53 foizdan 79 foizga yetkazish vazifasini qo‘ygan edi.

O‘.BAROTOV, O‘zA