Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Niqob – bizning himoyachimiz
14:54 / 2020-12-11

Koronavirus tarqalgan ilk vaqtlarda insoniyat u haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdi. Bu kasallikni xavo-tomchi yo‘li bilan tarqalishi faqatgina taxminlarga asoslangan edi.

Shu sababli ehtiyot chorasi sifatida tibbiy niqoblardan foydalanish tavsiya etildi. Tibbiy niqob taqib yurish rasman tavsiya etilgan davlatlar (Yaponya, Tailand, Koreya Respublikasi kabilar)da koronavirus bilan zararlanish va o‘lim xolatlari boshqa davlatlarga nisbatan to‘rt marotaba kamroq kuzatildi.  

Gonkong universiteti mikrobiologi Kvok-Yung Yuna 2 ta yonma-yon panjaraga sog‘lom va koronavirus bilan zararlangan olmaxonlarni (xamyak) joylashtirib, bir qismini tibbiy niqob yordamida ajratib, ikkinchi holatda tibbiy niqob bilan ajratmagan xolatda kuzatgan. Olingan natijalarga ko‘ra, niqobsiz panjarada joylashtirilgan jonivorlarning uchdan ikki qismi (75 foizi) koronavirus bilan zararlangan. Boshqa kuzatuv holatida jonivorlarning fakatgina 25 foizida kasallik qayd etilgan. Natijalardan ko‘rinib turibdiki, tibbiy niqoblar koronavirusdan himoya kiladi.  

Iyun oyida AQSHning Missuri shtatidagi ikki sartarosh ayol voqeasidan so‘ng tibbiy niqobga ishonch yanada ortdi. Bu ikki sartarosh mijozlarga xizmat ko‘rsatish vaqtida matoli tibbiy niqobdan foydalangan va 200 nafardan ortiq mijozga xizmat ko‘rsatgan. COVID-19 ga tekshirish vaqtida esa, ularda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlangan. Ularning oila a’zolarida ham SOVID-19 kasalligi aniqlangan. Ammo xizmatdan foydalangan mijozlarning hech birida SOVID-19 va uning alomatlari kuzatilmagan. Bunday misollar tibbiy niqob foydasiz, degan qarashni yo‘qqa chiqaradi.  

 

E’zozbek Rizayev,

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi 

koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi.