French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Nipah” virusiga qarshi vaksina ishlab chiqarildi
13:44 / 2026-02-02

“Nipah” virusiga qarshi ishlab chiqarilgan yangi vaksinaning ilk klinik sinovi Belgiyada boshlanadi. Tokio universiteti olimlari tomonidan yaratilgan preparat endi insonda sinab ko‘riladi. Bu haqda “Nikkei” gazetasi xabar berdi.

Avvalroq maymunda o‘tkazilgan tadqiqot davomida vaksina virusga qarshi to‘liq himoya tizimi bilan ta’minlangani aniqlandi. Mutaxassislar kelgusi yil Bangladeshda yoshi ulug‘lar va bolalar ishtirokida qo‘shimcha klinik tadqiqot o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumki, “Nipah” odamga jonivor, jumladan ko‘rshapalak va cho‘chqadan yuqishi mumkin. Ushbu virus nafas olish tizimini zararlaydi va og‘ir holatida ensefalit – bosh miya to‘qimasini yallig‘lantiradi. O‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, ushbu kasallik 75 foiz holatda o‘lim bilan tugaydi. Dastlabki belgilar virus yuqqandan 4-7 kun o‘tib namoyon bo‘ladi.

Joriy yil yanvar oyida Hindistonning Kalkutta shahri yaqinida “Nipah” tarqalishi ilk bor qayd etilgan. Hozir besh kishi ushbu zararkunandani yuqtirgani aniqlangan, yuzga yaqin odam karantinga olingan.

Shu paytgacha “Nipah” virusiga qarshi maxsus dori vositasi yoki tasdiqlangan vaksina yo‘q edi. Shu bois mazkur preparat yaratilishi tibbiyot sohasidagi muhim yutuq sifatida baholanmoqda.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA