NIPAH virusi: dunyodagi vaziyat va O‘zbekistonda epidemiologik holat (+video)
So‘nggi paytlarda Hindiston hamda ayrim Osiyo mamlakatlarida Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar kuzatilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Xabarlarda kasallikning 40–70 foiz hollarda o‘lim bilan tugashi mumkinligi, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aviaqatnovlar kengayib borayotgani fonida virusning boshqa davlatlarga, jumladan O‘zbekistonga ham kirib kelish ehtimoli istisno qilinmayotgani aytiladi.
Ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustamjon Ikromov bilan bog‘landik.
Mutaxassis, O‘zbekiston hududida hozirgi kungacha Nipah virusi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmagani, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lib, mazkur kasallikning kirib kelish ehtimoli past darajada baholanayotganini ma’lum qildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2lTt12nRg1k" title="NIPAH virusi: dunyodagi vaziyat va O‘zbekistonda epidemiologik holat" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, O‘zA