Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nipah va COVID-19 orasida bog‘liqlik bormi?
12:49 / 2026-01-28

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari “Nipah” va COVID-19 virusini qiyosiy o‘rganib, quyidagi xulosaga kelishdi: “Nipah” virusi yangi COVID-19 emas. Bu olimlarga ma’lum.

Yanvar oyi o‘rtalarida Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengal shtati rasmiylari ikki nafar tibbiyot xodimi “Nipah” virusini yuqtirgani haqida xabar bergan edi. Ayni payt o‘zlari ishlaydigan Barasat shifoxonasida davolanayotgan bu bemorlar ventilyatorga ulangan izolyatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

G‘arb ommaviy axborot vositalari kasallanish holati ko‘paygani to‘g‘risidagi mish-mishga qaramay, Hindiston hukumati yangi virus chiqqanini hali tasdiqlagani yo‘q.

JSST esa “Bu so‘nggi yigirma yil ichida Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda sporadik epidemiyaga sabab bo‘lgan ma’lum zoonoz virus”, deya qo‘shimcha qilgan. Tuzilma epidemiologik nazorat, xavfni baholash va javob choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat sog‘liqni saqlash idoralari bilan yaqin hamkorlikni davom ettirmoqda.

Tashkilot ekspertlari bahosiga ko‘ra, “Nipah” dunyodagi eng xavfli virus” ekan. Mazkur xastalikni davolash yoki ushbu virusga qarshi emlanishning iloji yo‘q. “Nipah” isitma va ensefalopatiyaga sabab bo‘ladi. Ya’ni, miya hujayralarini shikastlab, 40-75 foiz holatda o‘limga olib keladi.

Bu virus jonivorlar, ko‘pincha sichqon orqali tarqaladi, odatda kasal hayvonning so‘lagi orqali yuqadi. Uy hayvonlariga ham o‘tishi mumkin.

“Nipah” havoga deyarli tarqalmaydi. Demak, havo orqali emas, balki faqat infeksiyalangan inson tanasidagi suyuqlik orqali yuqadi.

G.Sattorova, O‘zA