Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nimalar avtotransport vositasini qayta jihozlash deb hisoblanadi? Hukumatning yangi qarori chiqdi
18:59 / 2020-12-01

Hukumatning tegishli qarori (№758, 30.11.2020y) bilan, avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, avtomototransport vositasini qayta jihozlash deb, boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda, avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish tushuniladi.

Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.

Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan raqamlangan agregatlarga qo‘yilgan markirovkaning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga olib keladigan tarzda qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati

Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishda ruxsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi:

qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;

YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Tz) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;

tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar) mavjud bo‘lishi;

yong‘in xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;

faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud bo‘lgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat ko‘rsatish;

davlat reyestrida ko‘rsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish.

YHXBB avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyat boshlanganligi yoki tugatilganligi haqida Davlat xizmatlari markazlari va YHXBB o‘rtasida ERIni qo‘llagan holda, maxsus yaratilgan tizim orqali idoralararo xabardor qilinadi.

Tadbirkorlik sub’ekti xabarnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirgandan so‘ng o‘zining ERIsi bilan tasdiqlaydi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Avtomototransport vositalarining kuzov va dvigatellarini xuddi shu rusumdagi kuzov va dvigatellarga almashtirishga ruxsatnoma olish uchun arizaga yuqoridagi hujjatlardan tashqari avtomototransport vositasining uzoq muddat foydalanilganligi sababli eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, zarur shart-sharoitlarga va texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lgan xususiy texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari yoki hududiy DYHXXning diagnostika stansiyalarida avtomototransport vositasining texnik holati tekshirilganligi bo‘yicha ma’lumotnoma, shuningdek, avtomototransport vositasining old, orqa va ikki yon tomon ko‘rinishini tasvirlovchi fotosuratlar taqdim etiladi.

Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik sub’ekti uning egasi tomonidan tanlanishi mumkin, bu haqda arizada ko‘rsatiladi.