Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatovadan yana bir quvonchli xabar
12:09 / 2019-09-01

Bu haqida Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.


Kuni kecha Vengriyada oʻtgan baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan qizlarimiz Nilufar Zokirova hamda Dilnoza Rahmatova navbatdagi musobaqada ham omadli ishtirok etishdi.

 Bu haqida Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qizlarimiz Moskva shahrida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadigan Rossiya Prezidenti kubogi uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish bahsida kumush medalni qoʻlga kiritdilar. 500 metr masofaga juftlikda kechgan final bellashuvida Rossiya va Chexiya terma jamoasi vakillaridan iborat ekipaj birinchi boʻlib marra chizigʻini kesib oʻtgan boʻlsa, mezbonlar juftligi kuchli uchlikni yakunlab berdi.