Nikohdan ajratish jarayonida vasiylik-homiylik organlarining ishtiroki va nikoh shartnomasi institutini takomillashtirish
Malika Shaxobidinovna SHUKUROVA mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston e-mail: shukurovamalika322@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada nikohdan ajratish jarayonida voyaga yetmagan bolalar hamda muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda vasiylik va homiylik organlarining rolini kuchaytirish masalalari tahlil qilingan. Amaldagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida sudlar, FHDYO hamda vasiylik-homiylik organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va elektron ma’lumot almashinuvining yetarli emasligi bilan bog‘liq muammolar yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: nikohdan ajratish, vasiylik va homiylik organlari, bolalar huquqlari, nikoh shartnomasi, oila huquqi, sud amaliyoti.