Nikkei: Nissan Datsun avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Yaponiyaning Nissan Motor konserni Datsun brendi ostidagi avtomobilni ishlab chiqarishni to‘xtatadi, deb yozmoqda Nikkei gazetasi. Xabarda aytilishicha, Nissan bo‘shagan resurslarni elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratadi.
Bundan tashqari, Datsun markasini ishlab chiqarishni to‘xtatish sabablaridan yana biri talab kamayib ketganidir. Avtobozorlar tadqiqoti bilan shug‘ullanadigan Yaponiyaning MarkLines firmasi e’lon qilgan statistikada 2021 yilda Datsun avtomobillarining savdosi 90 foizini yo‘qotgan.