English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nikita Rafalovich Manchesterdagi nufuzli Gran-Pri musobaqasida sovrindor boʻldi
12:14 / 2018-10-22

Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo WTF boʻyicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi yakunlandi.


Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo WTF boʻyicha nufuzli Gran-Pri musobaqasi yakunlandi.

Avvalroq xabar berib oʻtganimizdek, ushbu turnirda Oʻzbekiston sharafini toʻrt nafar sportchi himoya qildi.

-80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Nikita Rafalovich musobaqa davomida Gretsiya, Italiya hamda Rossiya vakillarini magʻlubiyatga uchratib, yarim finalga yoʻl oldi. Final ostonasida kechgan jangda unga chorak finalda olgan kichik jarohati pand berdi va magʻlub boʻldi. Shu tariqa Osiyo oʻyinlari gʻolibi, jahon chempionati sovrindori hisoblangan Rafalovich Manchester Gran-Prisining bronza medali bilan kifoyalandi.

Qayd etish lozimki, ushbu muvaffaqiyat orqali Nikita Tokio - 2020 litsenziyasi uchun qimmatli boʻlgan reyting ochkolarini ishlab oldi.