Nikita Rafalovich bronza medali uchun kurashadi
Taekvondochimiz Nikita Rafalovich (-80 kg) "Tokio–2020" Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini davom ettiradi. Hamyurtimiz kechki dasturda bronza medali uchun kurash olib boradigan bo‘ldi.
Yarim final bahsida u iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi jang qilib, qo‘shimcha daqiqada imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Vakilimizning uchinchi o‘rin uchun kechadigan bahsdagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
O‘zA