Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nike AQSH va Yevropadagi tibbiyot xodimlariga 30 mingdan juft poyabzal tarqatadi
12:26 / 2020-05-05

Nike kompaniyasi AQSH va Yevropada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga jalb etilgan tibbiyot xodimlariga 30 ming juft poyabzal tarqatishi haqida maʼlum qildi.


Nike kompaniyasi AQSH va Yevropada koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga jalb etilgan tibbiyot xodimlariga 30 ming juft poyabzal tarqatishi haqida maʼlum qildi.

Kompaniya taklif qilayotgan poyabzallar tibbiyot xodimlari uchun maxsus yaratilgan. Kompaniya saytida eʼlon qilingan xabarnomada aytilishicha, Nike turli sportchilar bilan birgalikda shifokorlarga minnatdorlik bildirishga qaror qilgan.

Xabarnomada aytilishicha, ushbu sportchilar 30 ming juft poyabzalni “Chikago, Los-Anjeles, Memfise, Nyu-York kasalxonalariga hamda veteranlar salomatligi masalalari boʻyicha boshqarmalarga xayriya qilish uchun Nike kompaniyasining tashabbusiga qoʻshilishgan“.

“Yana 2,5 ming juft oyoq kiyimlar Yevropadagi kasalxonalarga, jumladan, Barselona, Berlin, London, Milan, Parij va Belgiyadagi tibbiy muassasalari xodimlariga beriladi“, — deyiladi kompaniya tarqatgan xabarnomada.